Mourinyo: "JCH-2018dagi futbol simulyaciyalar tufayli sifatini yo'qotmoqda"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2018, 10:42
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchilarning jahon chempionatidagi simulyaciyalari haqida fikr bildirdi.

"O'yinlarning salbiy tomoni futbolchilar ijrosidagi teatr bo'lmoqda. Men faqat bitta o'yin haqida aytmayapman. Neymar va uning harakatlariga katta e'tibor qaratilmoqda. Faqat u shu ishni qilsa mayli, ammo har bir o'yinda bittadan simulyant topilyapti, hamma hakamga bosim o'tkazib, sariq kartochka, penalti so'rayapti. Aynan shu sabab tufayli futbol o'z sifatini yo'qotmoqda, deyarli har bir o'yinda bunday vaziyatni ko'ryapmiz va ushbu ishlar millionlab odamlar ko'z o'ngida ro'y bermoqda" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RT