Mourinyo Italiya grandlar bilan muzokaralar o'tkazmoqda

Eldor Akmurzayev
4 apr 2019, 23:20
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Italiyaga qaytishi mumkin.

Hozirda u Roma va Inter klublari bilan muzokaralar olib bormoqda, deya xabar qilgan Sky Sport Italia. Ma'lum bo'lishicha, jamoalar bilan muzokaralar endigina boshlangan. Jozening o'zi esa Italiyaga qaytishga qarshi emas. 

56 yoshli mutaxassis 2008-2010-yillar oralig'ida neradzurrilar ustozi sifatida foaliyat olib borgan. Italiyadagi so'nggi mavsumida u Inter bilan trebl qilishga erishgandi. 


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia