Mourinyo Ispaniya chempionatining ikki mahluq ligasi deb atadi

Aslanov Jasurbek
7 fev 2016, 15:49
"Real" va "Chelsi" sobiq ustozi Joze Mourinyo Ispaniya chempionatini ikki mahluq ligasi deb atadi.

"Doimo menga haqiqiy raqobat kerakligini aytganman. Ispaniyada yilda to'rtta uchrashuvi bo'lgan buyuk klubni boshqardim: "Real" - "Barselona", "Barselona" - "Real", Primerodagi keyingi uchrashuvlar quyidagicha yakunlanardi - 4:0, 5:0, 4:1, 6:1. Aynan shu tufayli ikki mahluq chempionatida g'alaba qozonish qiyin, chunki bu grandlarning hech qaysisi deyarli ochko yo'qotmas edi. Men 100 ochko to'plab Ispaniya chempioni bo'ldim, ammo 91 ochko bilan sovrinni qo'ldan chiqardim. Bazida Angliyada chempionlik uchun 75 ochkoning o'zi etarli bo'ladi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports