Mourinyo ikki futbolchisini maqtadi

Mirjalol Normatov
29 okt 2018, 21:13
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo vinger Antoni Marsyalni maqtadi.

"Marsyalning qaysi sifatlari o'sdi? Barchasi! U ikki-uch yil oldingi iqtidorini yo'qotmagan. Antoni mashg'ulotlar davomida futboldagi ongini yaxshilab oldi. Shuningdek, Lyuk Shoudan ham anchagina mamnunman. Ularda yaxshigina o'sish kuzatildi. Albatta, ularda anchagina qiyin davrlar o'tdi. Mashg'ulotlar davomida ulardan ko'prog'ini talab qilgandim va bu hozirga kelib o'z mevasini berdi. Hozir ular mening aytganimni ortig'i bilan bajarishmoqda", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports