Mourinyo faoliyatida ikkinchi bor ketma-ket ikkita finalda yutqazdi

20 may 2018, 10:09
“Manchester Yunayted” klubi Angliya Kubogining final uchrashuvida “Chelsi”ga yutqazib (0:1) qo'ydi.

Mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatida ikkinchi bor ketma-ket ikkita finalda mag'lubiyatga uchradi. Avvalroq “MYU” Yevropa Superkubogi uchun bahsda “Real” 1:2 hisbida imkoniyatni boy bergan edi. 

Ma'lumot uchun, mavsum-2003/04da “Portu” Mourinyo murabbiyligida avvaliga Yevropa Superkubogida “Milan”ga 0:1, keyin esa Portugaliya Kubogi finalida “Benfika”ga 1:2 hisobida yutqazgandi.

O'xshash yangiliklar