Mourinyo: "Fabregasni 20 daqiqa ichida "Chelsi"ga o'tishga ko'ndirgandim"

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2014, 14:47
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo ispaniyalik Sesk Fabregasning "ko'klar" safiga o'tishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Men Fabregasni "Chelsi"ga o'tishga qanday rozi qildim? U bilan 20 daqiqa gaplashdim. Menimcha haqiqatdan ham "Chelsi"ga o'tishni juda istagandim. "Arsenal" ham taklif bilan chiqishi mumkin edi, ammo Sesk buni istamagandi. Futbolchi faqat "Chelsi"ga o'tishni xohladi, shu bois qiyin bo'lgani yo'q", - deydi Mourinyo ESPN nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com