Mourinyo: "Yevropaning shimolida futbol rivojlanmoqda"

Оқил Абдубарноев
14 sen 2022
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa ligasi doirasidagi XIKga qarshi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida raqib jamoa haqida gapirdi.

“Menga raqib jamoa yoqadi. Dushanbadan beri ularning o'yinlarini tahlil qilib, o'rganyapman. Ular uyushgan jamoa.

Birinchi turda ular "Betis"ga yutqazdi, ammo natija o'yinga unchalik mos bo'lmagan. O'sha bahsda barchasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. Yevropaning shimolida futbol rivojlanmoqda. Jamoalarning texnik saviyasi o'sdi, ammo jismonan ular allaqachon shakllangan. Agar kimdir ertaga biz uchun oson bo'ladi deb o'ylasa, qattiq adashadi", - dedi Mourinyo.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: asroma.com