Mourinyo: "Chelsi" o'yin uslubini Torresga moslashtirishi kerak

3 avg 2013, 15:16
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Fernando Torresning Londondagi ishlari yurishib ketmagani sababi uning jamoadoshlari unga moslashmagani deb ishonadi.
2011 yil yanvarida 50 million funt evaziga Liverpuldan Londonga ko'chib o'tgan hujumchi 131 o'yinda faqatgina 34 gol kiritishga muvoffaq bo'ldi xolos.

Ingliz matbuoti  29 yoshli hujumchi o'zining eng yaxshi davrlarini "Liverpul"da o'tkazib bo'lgani haqida ko'p bora yozayotgan bo'lsada, besh yil o'tib yana jamoaga qaytgan Joze Mourinyo boshlanajak mavsum Torresning eng yaxshi mavsumlaridan biri bo'lishiga va undan maksimal foydalana olishiga ishonmoqda.

"Torres endi yosh bola emas. Uning o'yinini endi o'zgartirish qiyin. U juda yaxshi sifatlarga ega bo'lgan hujumchi. Shundoq ekan, biz uning o'yin uslubini o'rganishimiz, va unga moslashishimiz lozim", deydi murabbiy.


Manba: skysports.com