

"Evening Standard" xabariga ko'ra, Mourinyo "Lester" va "Tottenxem" futbolchilari Xarri Maguayr va Tobi Alderveyrld bilan shartnoma imzolanishini istagan. Shu orqali u "Yunayted"ga hujumkorroq o'yin beradigan 3-5-2 taktik uslubiga o'tmoqchi bo'lgan. Qanotdagi ikki himoyachilar esa yarim himoyachi vazifasini bajarishini rejalashtirgan.
Ammo, "Yunayted" rahbarlari yozda top-himoyachi sotib olishni uddalamadi. Joze esa "Tottenxem" bilan uchrashuvda Ander Erreradan markaziy himoyachi sifatida foydalangandi.



