Mourinyo: Biz jinoyat qildik...

Narzulla Saydullayev
19 okt 2017
MYU ustozi Joze Mourinyo Benfikaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Biz o'yinni nazorat qildik, De Xeada deyarli ish bo'lgani yo'q. Himoya ishonchli o'ynadi, gol o'tkazmasligimizga ishonardim.

Bazida himoyadagi tartibli o'yin jinoyatdek ko'rinishi mumkin, ammo futbolda g'alabalar aynan shunday qo'lga kiritiladi.

Bizga pley-offga chiqish uchun 1 ochko kerak va guruhda birinchi o'rinni olish uchun bitta g'alaba kerak. Shunda bizda yana ikkita o'yin zaxirada bo'ladi.

Benfika posboni yaxshi o'ynashini o'yinchilarimga ham aytgandim. Gol o'tkazilgan vaziyatda uning omadi kelmadi, – deydi Mourinyo.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com