Mourinyo: "Beylni olib qolish borasida muhokamalar bo'lmayapti"

Mirjalol Normatov
16 yanv 2021, 00:50
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo vinger Garet Beylning jamoada qolishi mumkinligi borasida gapirdi.

"Garet mavsum yakunigacha ijaraga olingan. Hozirga qadar uni kelasi mavsumda tarkibda olib qolish uchun bir soniya ham muhokama bo'lmadi", - dedi Mourinyo.

Ushbu mavsumda Beyl barcha turnirlarda "Tottenxem" tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Shartnomaga ko'ra, "Tottenxem" futbolchini sotib olish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo