
Ikkala sovrin ham kutilgan edi, chunki "Chelsi" muddatidan avval Angliya chempionligini rasmiylashtirdi.
Mourinyo mavsum mobaynida biror marotaba oy murabbiyi bo'lgani yo'q, Azar esa oldinroq jurnalistlar tomonidan yil futbolchisi deb topilgan edi.
Eng yaxshi murabbiy nomiga Mourinyodan tashqari Ronald Kuman (Sautgempton), Garri Monk (Suonsi), Nayjel Pirson (Lester) va Arsen Venger (Arsenal) da'vogarlik qilgan edi. Eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun Azarga Jon Terri, Sesk Fabregas, Nemanya Matich (hammasi - Chelsi), Serxio Aguero (Manchester Siti), Davida de Xea (Manchester Yunayted), Garri Keyn (Tottenxem) va Aleksis Sanches (Arsenal) raqobatchi bo'lgan.