Mourinyo: "Aleksis pul tufayli "Manchester Yunayted"ni tanlagani yo'q"

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2018, 14:18
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning takidlashicha, hujumchi Aleksis Sanches mankunianlar safiga pul tufayli o'tmagan.

Britaniya OAVning ma'lumotlariga ko'ra, chililikning yangi jamoasidagi haftalik maoshi 350 ming funt.

"U nega MYUni tanlaganini bilmayman, biroq bu pul tufayli emas. "Manchester Siti", "Chelsi" va xatto "Everton" sarflagan pullarni tahlil qiling. Ular bizdan ko'p harajat qilishdi.

Agar Aleksisning shartnomasi tugashiga yana uch yil bo'lganida, uning transfer narxi qancha bo'lardi? Hozirgi raqamlarga qaraydigan bo'lsak, taxminan 100-150 mln. funt" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports