Moura: "Tottenxem" Mourinyo bilan sovrinlar qo'lga kirita oladi"

Mirjalol Normatov
15 dek 2019
"Tottenxem" yarim himoyachisi Lukas Moura jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan faoliyati haqida gapirdi.

"Barcha futbolchilar Mourinyo bilan ishlashdan mamnun. Uning faoliyati qandayligini va yuqori saviyada ekanligini yaxshi bilamiz. Mourinyo o'zi ishlagan barcha klublarda sovrinlar qo'lga kiritgan. Ishonyapman, u biz bilan ham sovrinlarga ega chiqadi.

Endi bizda undan nimalarnidir o'rganish imkoniyati paydo bo'ldi. Ajoyib va tajribali murabbiy uchun jamoada deyarli barcha narsa bor. Har bir murabbiyda o'zgacha xarakter bor. Mourinyo har bir gapida bizga etadigan jamoa yo'qligini aytib, ko'nglimizni ko'taradi", - dedi Moura.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Guardian