Morataning fikricha, "Real"ning hozirgi o'yin uslubi himoyaviy emas
Aslanov Jasurbek
12 noya 2015, 17:12
"Real" sobiq hujumchisi, hozirda "Yuventus" sharafini himoya qilayotgan Alvaro Morataning fikricha, "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Rafael Benites jamoada himoyaviy o'yin uslubini qo'llayotgani yo'q.
"Agar "Real" himoyadan o'ynaganida, Benites tarkibga kerakli futbolchilarni jalb qilgan bo'lar edi. "Real"ning o'yini menga juda yoqadi" - deydi Morata.