Morata "Yuventus"da o'ziga raqam tanladi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2020, 21:51
"Yuventus" hujumchisi klub uchun qaysi raqam ostida harakatlanishiga oydinlik kiritib oldi.

Ispaniyalik 9-raqamni tanladi. Ilgari bu raqam klub bilan shartnomasini bekor qilgan hujumchi Gonsalo Iguainga tegishli edi.

Ma'lum bo'lishicha, "Yuventus" Alvaro Morataning ijarasi uchun 10 million evro to'laydi. Bundan tashqari, klub futbolchini 45 million evroga sotib olishi ham mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com