Morata va Xamesning "Real"dagi taqdiri Ronalduning kelajagiga bog'liq

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2017, 16:20
"Real" hujumchisi Alvaro Morata va yarim himoyachi Xames Rodrigesning "Qirolllik klubi"dagi taqdiri avvalgidek noma'lum.

Futbolchilar o'zlarining "qaymoqranglilar" safidagi holatidan norozi, chunki ular kerakli o'yin amaliyotiga ega bo'lishmadi. Ikkisi ham klubini o'zgartirishga tayyor, biroq ayni damda ularning taqdiri hujumchi Krishtianu Ronaldu atrofida sodir bo'layotgan voqealarga bog'liq.

14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanayotgan Krishtianu "Real"ni tark etmoqchi. Agar Ronaldu ispan grandidan ketsa, Morata va Xamesning boshqa klubga o'tishi og'irlashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS