Morata: "Neymarning "Real"ga o'tishini amalga oshirish qiyin, ammo ilojsiz narsaning o'zi yo'q"

Aslanov Jasurbek
10 noya 2017, 14:16
"Chelsi" hujumchisi Alvaro Morata PSJ hujumchisi "Real"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Uning tarixi tufayli bu amalga oshishi qiyin. Biroq, Madridda ilojsiz narsaning o'zi yo'qligini ko'rdik" - deydi Morata.

Neymar 2013-2017 yillarda "Barselona" safida to'p tepib, joriy mavsum boshlanishidan oldin PSJga o'tdi. Oldinroq, "Real" Neymarni Krishtianu Ronaldu o'rniga xarid qilmoqchi ekanligini e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal