

"Hech bir jamoa meni "Milan"dek qattiq xohlamadi. Men birdan "ha" deb javob qaytardim. Yevropa chempionati paytidayoq o'zimni "Milan" o'yinchisidek his qilgandim. Zlatan Ibragimovich menga qo'ng'iroq qilishi bilan birdan rozi bo'lim", – dedi futbolchi.
Morata joriy yozda "Atletiko"dan "Milan"ga o'tdi. 31 yoshli hujumchining transfer narxi 13 mln evroni tashkil etdi.



