Morata Ispaniya terma jamoasi oshpaziga aylandi

Alisher
23 iyun 2024
Ispaniya terma jamoasi matbuot xizmati qiziqarli video joyladi.

Unda jamoa hujumchisi Alvaro Morata sheriklariga karbonara tayyorlab berganini ko'rish mumkin. Morata nafaqat futbol maydonida, balki oshxonada ham yaxshi harakat qilishini ko'rsatgan.

Eslatib o'tamiz, Luis de la Fuente boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi Evro-2024 guruh bosqichida Xorvatiya (3:0) va Italiya (1:0) terma jamoalarini mag'lub etib, muddatidan oldin guruhda birinchi o'rin bilan pley-offga yo'llanma oldi.




AlisherMuallif
Manba: youtube.com/@Sefutbol

O'xshash yangiliklar