Morata "Barselona"ga o'tish umidlarini uzmagan

Mirjalol Normatov
3 fev 2022
"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata yozda "Barselona"ga o'tishni istamoqda.

"Sport.es" xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi qishdayoq Kataloniya jamoasiga o'tishni istagandi. Garchi transfer amalga oshmagan bo'lsa-da, u umidlarini uzmagan.

Bir vaqtlar "Real"da o'ynagan forvard uchun "Barselona"ga o'tish varianti eng yaxshisi sifatida ko'rinmoqda.

Eslatib o'tamiz, Morata "Atletiko"ga tegishli futbolchi hisoblanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es