Morata "Atletiko" bilan xayrlashdi. Hujumchi "Milan"ga o'tadi

Оқил Абдубарноев
17 iyul 2024, 00:38
Alvaro Morata "Atletiko Madrid" bilan xayrlashdi.

Ertalab ispaniyalik forvard “Atletiko” rahbariyati, jumladan, prezident Enrike Sereso bilan xayrlashish uchun “Vanda Metropolitano”ga yetib keldi. Keyin esa Morata murabbiylar va futbolchilar bilan xayrlashish uchun Madrid yaqinidagi Los Anxeles de San-Rafaelga yo'l oldi.

Tez orada hujumchi yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Milanga uchib ketadi. 31 yoshli ispaniyalik uchun "Milan" 15 million evro miqdorida tovon puli to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AS