Montella: "Bu mavsumda Skudettoni "Napoli" yutadi"

Narzulla Saydullayev
13 okt 2013, 19:23
"Fiorentina" bosh murabbiyi Vinchenco Montella bu mavsumdagi Italiya chempionati uchun o'z taxminlarini bildirdi.
"Napoli" Skudetto uchun kurashadi, bu safar ularda buning uchun yaxshigina imkoniyat bor. "Yuventus" - tizim jihatidan eng kuchlisi, ular anchadan buyon g'olib bo'lib kelishmoqda, ammo hal qiluvchi rolni motivaciya o'ynaydi.

"Roma" - juda yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan, hozir ular yaxshi o'ynashmoqda, "Inter" istalgan raqibga bosh og'rigi bo'ladi. Menimcha, yakunda "Napoli" birinchi, "Yuventus" -  ikkinchi, "Roma" - uchinchi bo'ladi. Ammo shuni hisobga olingki men doim noto'g'ri taxminlarni amalga oshiraman", - deydi Montella.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru