"Monca" klubi afsonaviy himoyachini bosh murabbiy etib tayinladi

Administrator
12 iyun 2024
A Seriya klubi Italiya termasi sobiq himoyachisini jamoa bosh murabbiyligiga olib keldi.

Alessandro Nesta "Monca" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Klub buni rasman tasdiqladi. 48 yoshli murabbiy bundan oldin "Mayami", "Perugiya" va "Frozinone" jamoalarini boshqargandi.

Ma'lumot uchun, Nesta futbolchilik faoliyati davomida "Lacio" va "Milan" klublarida faoliyat olib borgan.


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/ACMonza