“Monako”da Golovinning kelajagi borasida ma'lumot berildi

Eldor Akmurzayev
24 iyul 2022
“Monako” sport direktori Lourens Styuart yarim himoyachi Aleksandr Golovin haqida gapirdi.

“Golovin yangi mavsumni ham “Monako”da o'tkazadi. Klub uni sotishni rejalashtirmayapti”, deydi Styuart.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 27 bahsda qatnashib, 1+3 natijaga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil yozigacha mo'ljallangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru