"Monako" yana bir taklifni rad etdi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2017, 18:15
PSJ "Monako" himoyachisi Fabino borasida monegasklarga taklif yubordi.

Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar 23 yoshli braziliyalik bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olishdi va "Monako"ga 45 mln. evro taklif qilishdi. Fabinoning o'zi taklifga rozi, biroq uning klubi raqibni kuchaytirmoqchi emas. "Monako" vice-prezidenti Vadim Vasilev PSJ taklifini rad etdi. Agar parijliklar taklifni oshirsa vaziyat o'zgarishi mumkinlgini aytilmoqda.

Fabino 2013 yildan beri "Monako" sharafini himoya qiladi. 2013-2015 yillar davomida u monegasklar sharafini ijara asosida himoya qildi, 2015 yilda esa klub bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. So'nggi mavsum himoyachi barcha turnirlarda 56 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L`Equipe