

Agar Parij klubi Fabinoni sotib olsa, monegasklar uning o'rniga transfer huquqi "Sporting"ga tegishli bo'lgan Vilyam Karvalyuni xarid qilishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Monako" 25 yoshli portugaliyalik uchun 35 mln. evro va bonus sifatida yana 6 mln. evro to'lashi mumkin. Transfer oynasi 31 avgust kuni yopiladi.
Vilyam Karvalyu "Sporting" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Xavbek va Lissabon klubi o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi.



