"Monako" futbolchisi yanvarda 100 mln evroga "Arsenal"ga o'tadi

Tolibjon Qosimov
9 sen 2017, 20:41
"Monako" yarim himoyachisi Tomas Lemar qishda "Arsenal"ga o'tadigan bo'ldi.

"Daily Star" ma'lumotiga ko'ra, klublar fransiyalik futbolchining trasnferi borasida kelishib olishgan. "Kanonirlar" futbolchini yozda olib kelishga harakat qilishgan edi, lekin "monegasklar"ni ko'ndira olishmagan edi. Yanvar oyida Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi londonliklar safiga borib qo'shiladi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "Arsenal" klubi Tomas Lemar uchun 92 million funt (100 million evroga yaqin) to'lashga tayyor. Futbolchining shaxsiy shartnoma shartlari haqida hozirda ma'lumot yo'q.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Star