Monako futbolchilari nega sochlarini bo'yab olishdi? FOTO

Narzulla Saydullayev
21 may 2017, 08:57
Monako futbolchilari Fransiya chempionatining so'nggi turida Rennga qarshi o'yinda (3:2) sochlarini qizil-oq rangga bo'yab olishdi.

Monegasklar futbolchilari chempionlikni klub ranglari bilan nishonlashga qaror qilishdi. Monako bosh murabbiyi Leonardu Jardim esa yuzini qizil-oqqa bo'yadi.

Eslatib o'tamiz, Monako 2000 yildan buyon ilk bor Fransiya chempioni bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: squawka.com