Monako futbolchilari Fransiya chempionatining so'nggi turida Rennga qarshi o'yinda (3:2) sochlarini qizil-oq rangga bo'yab olishdi.
Monegasklar futbolchilari chempionlikni klub ranglari bilan nishonlashga qaror qilishdi. Monako bosh murabbiyi Leonardu Jardim esa yuzini qizil-oqqa bo'yadi.
Eslatib o'tamiz, Monako 2000 yildan buyon ilk bor Fransiya chempioni bo'ldi.