Monako Duglas Kostaga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2014, 09:33
Shaxtyor yarim himoyachisi Duglas Kosta Monako qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Klub Xames Rodrigesni sotib yuborsa 23 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar bermoqda Le 10 Sport nashri.

Oldinroq Monako Zenit hujumchisi Xalkka qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

Biroq Duglas Kostani sotib olib klub ancha pulni tejab qolishi mumkin.

Monako va futbolchi o'rtasida muzokaralar boshlangani ma'lum qilinmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru