Mo'minjon Meliev "Metallurg"ga o'tdi

Iskandarov Abdulaziz
13 fev 2026, 08:19
Bekobodliklarda nima gaplar?

"Metallurg" yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichiga kirishdi. Ilhom Mo'minjonov bu yig'inlar orqali tarkibni shakllantirib olayotganini aytish mumkin. 2025 yilni Slovakiyaning quyi ligasi vakili "Bardeyov" jamoasida o'tkazgan o'zbekistonlik hujumchi Mo'minjon Meliev "Metallurg"ga o'tdi. Forvard yangi mavsumda Bekobod klubi libosida to'p tepadi.

O'zbekistonlik hujumchi bunga qadar "So'g'diyona", "Mashal", "Qo'qon-1912", "Lokomotiv", "Xorazm" , "Istaravshan" jamoalarida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia