Modrich "Real" mashg'ulotida ishtirok etmadi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2018, 18:14
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoaning bugungi mashg'ulotida ishtirok etmadi va "Leganes"ga qarshi Ispaniya chempionati uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Modrich tibbiy ko'rikdan o'tayotgani tufayli mashg'ulotda qatnasha olmagan. Xorvatdan tashqari umumiy guruhda Toni Kroos, Xesus Valexo va Marselo yo'q edi.

PSJga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvidan so'ng Modrichga bir kunlik tatil berildi va futbolchi "Betis"ga qarshi LaLiganing 24-tur bahsida maydonga tushmadi.

"Real" va "Leganes" 21 fevral kuni LaLiganing ko'chirilgan 16-tur uchrashuvini o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca