Modrich Luninga "Manchester Siti" futbolchisi penaltini qayoqqa tepishini oldindan aytib bergan

Omonjon To`xtamirzayev
20 apr 2024
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich darvozabon Andrey Lunin Chempionlar Ligasi 1/4 final javob bahsida penaltini qaytarishida muhim rol o'ynagan.

Xorvat golkiperga "Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateo Kovachich bosim ostida odatda qaysi tomonga tepishini aytgan - darvozabonning o'ng tomoniga.

Bu yuz foizlik zarba, - degan Modrich

Eslatib o'tamiz, Luka Kovachich bilan Xorvatiya termasi safida birga harakat qilishadi, shuningdek, oldinroq Mateo ham "Real" sharafini himoya qilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: relevo.com