Modrich: "Har doim ham eng yaxshi jamoalar g'alaba qozona olmaydi"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCH-2018 finalida Fransiyadan uchralgan mag'lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.

"Sovrin kayfiyatimni ko'targani yo'q, chunki mag'lub bo'ldik. Men g'alabaga intilgan edim. Omadimiz kelmadi deb o'ylayman. Jamoamizdagi har bir futbolchi shunday o'ylasa kerak. Bugun maydondagi eng yaxshi jamoa edik. Ammo eng yaxshilar har doim ham g'alaba qozona olmaydi.

Ikkinchi gol o'yindagi hal qiluvchi vaziyat bo'ldi. Hakam VAR tizimini qo'llaganidan hayron bo'ldik. Birinchi goldan oldin u yo'q qoidabuzarlikni aniqladi. Fransiyaliklar hisobni ochdi, ammo biz ajoyib o'yin ko'rsatib, gol urdik. Hakam esa penalti belgiladi. Bunday vaziyatlar jamoani o'ldiradi.

Tinimsiz kambek qilishning iloji yo'q. Oxirigacha kurashdik. Bugungi o'yinimizdan faxrlanamiz. Afsuski, bu etarli bo'lmadi" - deydi Modrich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com