Modrich haliyam "Real"dan ketish istagida

Aziz Tukhtamuradov
14 okt 2018, 13:39
"Inter" qishda yana bir marotaba "Real" futbolchisi Luka Modrichni xarid qilishga urinib ko'radi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 33 yoshli futbolchi "qirollik klubi"dagi holatdan norozi va jamoasini almashtirish istagida. "Inter" yozdayoq xorvatiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi edi. Biroq, o'shanda "Real" yarim himoyachini qo'yib yubormagan.

Qolaversa, Modrichning murabbiy Xulen Lopategi bilan munosabatlari yaxshi emas.

"Real" agar uning o'rniga boshqa yulduz futbolchi sotib oladigan bo'lsa Modrichni qo'yib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Corriere dello Sport