Modrich faoliyatini yakunlashi haqida: Hali yuqori darajada o'yin ko'rsatishimga ishonaman

Khoja
28 may 2024
Real Madrid yarim himoyachisi Luka Modrich hali faoliyatini yakunlash niyatida emasligini ma'lum qildi.

Qachon faoliyatimni yakunlashimni hali bilmayman. Barchasi jismoniy holatimga bog'liq. Hozirda o'zimni yaxshi his qilmoqdaman va hali yuqori darajada o'yin ko'rsatishimga ishonaman. Meni yoshimga emas, balki o'yinimni muhokama qilishlarini istayman, - dedi Modrich.

Xorvatiyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 2 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com