

31 yoshli Xorvatiya terma jamoasi a'zosi beshinchi marta bu sovringa ega chiqdi.
Bu sovrinni olish ajoyib. 2007 yil ilk bor shunday sovrinni olgandim hamon yodimda. O'shanda besh bor shunday natijaga erishaman deb o'ylamagandim. Menga ovoz berganlarga katta rahmat. 110 ochko olib rekord qayd etganimdan xursandman – deydi Modrich.
Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisini sobiq futbolchilardan iborat ekspertlar guruhi aniqlaydi.
Modrich 110 ball oldi. Ushbu natija sovrinning 45 yillik tarixidagi rekordning takrorlanishidir. 2004 yilda Dado Prsho ham shuncha ball to'plagan edi.




