MLS. So'nggi daqiqalarda kiritilgan yagona gol Inter Mayamini birinchi o'ringa olib chiqdi

Khoja
19 may 2024, 08:00
MLSning navbatdagi turida Inter Mayami Di Si Yunaytedga qarshi bahs olib bordi.

Bahsning 90+4 daqiqasida Kampana tomonidan kiritilgan gol Messi jamoasiga g'alaba taqdim etdi.

Shu tariqa, Inter Mayami 31 ochko bilan 1-o'rinda bormoqda. 2-o'ringa tushgan Cincinati esa 30 ochko va bitta o'yin zaxirasiga ega bo'lib turibdi.

Inter Mayami – Di Si Yunayted 1:0

Gol: 1:0 – 90+4 Kampana.

Inter Mayami – Kellender, Veygandt, Freyre, Aviles, Alba, Buskets, Gressel, Kremaski, Roxas, Messi, Suares.

Di Si Yunayted – Bono, Errera, Birnbaum, Makvey, Bartlett, Pedru Santush, Klix, Straud, Hopkins, Ku-Dipietro, Benteke. 

Ogohlantirishlar: Birnbaum (20), Benteke (25), Roxas (30), Makvey (48), Kampana (90+4), Klix (90+6).

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com