

"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning "Los-Anjeles" darvozasiga urgan goli eng chiroyli deb topildi.
Oldinroq 37 yoshli futbolchi MLSning 2018 yildagi eng yaxshi yangi o'yinchisi deb topilgan edi.
Ibragimovich joriy yilning mart oyida "Manchester Yunayted"dan "Los-Anjeles Gelaksi"ga o'tgan. Bu mavsum hujumchi Kaliforniya klubi safida 27ta uchrashuvda maydonga tushib, 22ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.



