MLS jamoalari soni 30taga yetishi mumkin

Aslanov Jasurbek
19 apr 2019, 10:37
MLS chempionatda ishtirok etuvchi klublar sonini 30taga etkazmoqchi.

Hozir ligada 24ta jamoa qatnashmoqda, bu musobaqaga yana 6ta jamoa qo'shilishi taxmin qilinyapti, biroq oldinroq yangi jamoalar soni 4ta bo'lishi aytilgan edi.

2020 yilda MLSga Devid Bekxemning klubi "Inter Mayami" va "Neshvill" qo'shiladi, 2021 yilda - "Ostin". Shu bilan birga Sent-Luis va Sakramentodagi jamoalar arizalari ko'rib chiqilmoqda.

MLSga 1993 yilda asos solingan. Hozir ligada 21ta AQSH va 3ta Kanada klubi ishtirok etadi. Amaldagi chempion "Atlanta Yunayted".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com