Miyatovich: “Unga Evro-2020 muhimroqdir, ammo Azar maoshini termadan emas, “Real”dan oladi”

Eldor Akmurzayev
22 may 2021, 19:50
“Real” sobiq forvardi Predrag Miyatovich madridliklar vingeri Eden Azar haqida fikr bildirdi.

“Azar to'g'risida nima deyishni ham bilmayman. U ilk daqiqalaridan yomon ko'ringandi. Kelasi mavsum nima bo'lishini ko'ramiz, unda amaldagi shartnoma bor.

Azarning o'zi ham ikkilanmoqda, tushunaman, ehtimol u “Vilyarreal” bilan o'yindan ko'ra Evroni muhimroq hisoblayotgandir. Biroq, futbolchilar ularga maoshni terma jamoa emas, klub to'lashini tushunishi kerak”, deydi Miyatovich.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Cadena SER