Miyatovich: "Mourinyuning "Real"ga qaytish ehtimoli yuqori"

Aslanov Jasurbek
20 dek 2018, 14:24
"Real" sobiq futbolchisi Predrag Miyatovich jamoa sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyuning klubga qaytish imkoniyatlariga baho berdi.

"Buni foizda ayta olmayman, ammo uning qaytish ehtimoli yuqori. Nega bunday deb hisoblayman? Chunki Peres Mourinyuni yaxshi ko'radi va har safar "Real"da murabbiy almashganda Florentino u bilan bog'lanadi" - deydi Miyatovich.

Bir necha kun oldin Mourinyu "Manchester Yunayted" bilan hamkorlikni to'xtatdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser