Miyatovich "El Klasiko" haqida: "Bunday yaralarni davolash qiyin. "Real" chempion bo'ladi, ammo mag'lubiyat juda yirik"

Tolibjon Qosimov
21 mar 2022, 14:25
"Real" sobiq futbolchisi Predrag Miyatovich madridliklarning "Barselona"dan uchragan 0:4 hisobidagi mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Bunday o'yinlardan keyin davolash juda ham qiyin bo'lgan ochiq yaralar paydo bo'ladi. O'ylashimcha, "Real" chempionatni yutadi, lekin bu juda yirik mag'lubiyat.

"Barselona" bugun hammasini ideal tarzda bajardi. Bu mag'lubiyat "Real"ni uyg'otishi kerak.

Endi keyingi o'yinlar va qiyinchiliklar yaqinlashmoqda", - dedi "qaymoqranglilar" sobiq hujumchisi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com