Mixaylo Zvarich: "Uzoqqa qaramaymiz, har daqiqa, har o'yin haqida bosh qotiramiz"

Оқил Абдубарноев
18 sen 2024, 20:13
Futzal bo'yicha jahon chempionati "C" guruhi 2-turidan o'rin olgan Angola – Ukraina (2:7) uchrashuvidan so'ng ukrainaliklar a'zosi Mixaylo Zvarich mikst-zonada saytimizga intervyu berdi.

"Bugungi o'yinga tayyorgarlik har doimgidan yuqoriroq bo'ldi, sababi ilk turda keragidan ortiq gol o'tkazib yubordik. Bugun esa haqli g'alaba qozondik.

Barcha Argentina bilan birinchi o'yinni unutishga harakat qildi. O'y-xayollarimiz faqat va faqat Angolaga qaratilgan edi. Yigitlar esa tushkunlikdan chiqib, o'yinga moslashishdi, hozir hammasi yaxshi.

Hozirdan uzoqqa qaramaymiz, aksincha, har bir daqiqa, har bir o'yin haqida bosh qotirib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Turnirda barcha jamoalar kuchli.

O'zbekistonda bizni juda yaxshi kutib olishdi. Bunday saxovatpeshalik uchun O'zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildiraman. Bu yerda hammasi ajoyib", dedi Zvarich.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia