Mitrovich Osiyoning boshqa jamoasiga o'tmoqda

Khoja
4 sen 2025
"Al Hilol" hujumchisi Aleksandr Mitrovich Osiyoning boshqa mamlakatida harakat qiladi.

Hujumchi "Al Hilol" bilan tuzgan amaldagi shartnomasini bekor qiladi va Qatarning "Al Rayyan" klubiga erkin agent sifatida o'tadi. Bu haqda Fabricio Romano xabar berdi.

Ma'lumot uchun, 30 yoshli futbolchi "Al Hilol" safida 2023 yildan beri harakat qiladi. U 79 ta uchrashuvda 68 ta gol urdi va yana 15 ta golga assist bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano