Misrlik hakam telefonda takroriy vaziyatni ko'rib, golni bekor qilgani uchun diskvalifikaciya qilindi

Оқил Абдубарноев
23 mar 2023, 23:14
Misrlik hakam smartfonda takroriy vaziyatni ko'rib, golni bekor qilgani uchun mahalliy futbol federatsiyasi tomonidan bir muddatga chetlatildi.

Voqea Misr ikkinchi divizioni doirasidagi "Suecim" va “Al Nasr” o'yinida sodir bo'ldi. Uchrashuv yakunida mehmonlar gol urishdi, ammo mezbonlar to'p qo'l bilan o'ynalganiga ishora qilib, etiroz bildira boshlashdi. Futbolchilar bosimi ostidagi hakam epizodga qayta baho berish uchun muxlislardan birining telefonidagi lavhani ko'rishga majbur bo'ldi. Shundan so'ng hakam golni bekor qildi.

Qayd etilishicha, arbitr “noaniq muddatga” ishdan chetlashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN