Misr futbol assotsiatsiyasi: "Saloh Rossiyaga qarshi bahsda maydonga tushadi"

Mirjalol Normatov
17 iyun 2018, 14:39
Misr futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati Muhammad Salohning holati yaxshi ekanligini tasdiqladi.

"U 1-turdagi o'yindan oldin ham yaxshi holatda edi, biroq murabbiy uni xavf ostiga qo'yishni istamadi. Urugvayga qarshi uchrashuvda biz boshqa futbolchilarning jarohat olmasligi uchun harakat qildik. Saloh Rossiyaga qarshi o'yinda maydonga tushadi", - deb yozadi terma matbuot xizmati.

Misr JCHning ilk turida Urugvayga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eurosport.ru