Mirzohid G'ofurov: "Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlash muhim"

Narzulla Saydullayev
2 avg 2016
"Mashal" - "Qizilqum" uchrashuvidan oldin mezbonlar yarim himoyachisi Mirzohid G'ofurov o'z fikrlarini bildirdi.
"Ikkinchi davraning birinchi o'yinini o'z uyimizda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazamiz. Birinchi turda bu jamoaga qarshi bahsda hisobda oldinda borib yakunda mag'lub bo'lgandik. Bu safar g'alaba qozonishimiz shart. Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlash juda ham muhim hisoblanadi. O'z muxlislarimiz qarshisida 3 ochkoni qo'lga kirirtmoqchimiz.

Ikkala jamoa ham o'z safini yangi futbolchilar bilan kuchaytirib oldi", - deydi G'ofurov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia