Mirjamol Qosimov va OCHLdagi boshqa debyutantlar

Narzulla Saydullayev
17 apr 2014
O'zbekiston chempioni “Bunyodkor” kecha Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Fath” klubini qabul qilib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar davom etayotgan pallada “Bunyodkor” safida o'zgarish bo'ldi. O'yin davomida faol harakat qilib, bitta golga mualliflik qilgan Vohid Shodiev o'z o'rnini 18 yosh futbolchi Mirjamol Qosimovga bo'shatib berdi.

Aynan “Al-Fath”ga qarshi bahs Mirjamol Qosimovning Osiyo Chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvi sifatida tarixda qoldi. E'tiborlisi, Mirjamolni qo'shib hisoblaganda “Bunyodkor” jamoasi bilan OCHLda debyut qilgan futbolchilar soni 31 nafarga etdi. Shuni alohida qayd etish kerakki, 44-raqamli futbolchi “Bunyodkor” tarixida OCHLda debyut uchrashuvini o'tkazgan eng yosh futbolchi bo'lib oldi.

2014 yilgi mavsumga katta o'zgarishlar bilan kirib kelgan “Bunyodkor” safida bu yil OCHLda jami olti nafar futbolchi debyut qildi. Bular – Vohid Shodiev, Sardor Sobirxo'jaev, Bobirjon Akbarov, Akbar To'raev, Hasan Asqarov va Mirjamol Qosimov.

2008 yilgi turnirda “Bunyodkor” safida jami 13 nafar futbolchi OCHLdagi debyutlarini nishonlashgan.

Quyidagi jadvalda “Bunyodkor” bilan Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasida debyut uchrashuvini o'tkazgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin.

#

Futbolchi

Tug'ilgan sanasi

Debyut uchrashuvi

1Mirjamol Qosimov24.09.19952014. “Bunyodkor” – “Al-Fath” 3:2 (S.Arabistoni)
2Hasan Asqarov17.04.19942014. “Fulad” (Eron) – “Bunyodkor” 1:0
3Akbar To'raev27.08.19892014. “Fulad” (Eron) – “Bunyodkor” 1:0
4Bobirjon Akbarov14.02.19892014. “Al-Fath” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 0:0
5Sardor Sobirxo'jaev06.11.19942014. “Al-Fath” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 0:0
6Vohid Shodiev09.11.19862014. “Al-Fath” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 0:0
7Sardor Rashidov14.06.19912013. “Bunyodkor” – “Beyczin Goan” 0:0 (Xitoy)
8Dilshod Jo'raev21.04.19922012. “Ulsan Xyonde” (J.Koreya) – “Bunyodkor” 2:0
9Alibobo Rahmatullaev08.02.19912012. “Adelida Yunayted” (Avstraliya) – “Bunyodkor” 0:0
10Artyom Filiposyan06.01.19882012. “Poxang Stilerz” (J.Koreya) – “Bunyodkor” 0:2
11Lutfulla To'raev30.03.19882012. “Bunyodkor” – “Adelaida Yunayted” 1:2 (Avstraliya)
12Javlon Ibroximov10.12.19902011. “Bunyodkor” – “Piruzi” (Eron) 0:0
13Akmal Shorahmedov10.05.19862011. “Bunyodkor” – “Al-Ittihod” 0:1 (S.Arabistoni)
14Yannis Mandzukas08.05.19842011. “Al-Vahda” (BAA) – “Bunyodkor” 1:1
15Aleksandr Kovalyov24.09.19862010. “Al-Vahda” (BAA) – “Bunyodkor” 1:2
16Anvar Rahimov20.02.19882010. “Al-Vahda” (BAA) – “Bunyodkor” 1:2
17Kamoliddin Murzoev17.02.19872009. “Bunyodkor” – “Poxang Stilerz” (J.Koreya) 3:1
18Ruslan Melziddinov26.03.19852009. “Bunyodkor” – “Sepahon” (Eron) 2:2
19Bahodir Pardaev26.04.19872008. “Bunyodkor” – “Adelaida Yunayted” (Avstraliya) 1:0
20Shavkat Raimqulov07.05.19842008. “Sepahon” (Eron) – “Bunyodkor” 1:1
21Xayrulla Karimov22.04.19782008. “Bunyodkor” – “Sepahon” (Eron) 2:0
22Anvar Rajabov23.01.19882008. “Bunyodkor” – “Sepahon” (Eron) 2:0
23Sahob Jo'raev19.01.19872008. “Bunyodkor” – “Sepahon” (Eron) 2:0
24Murodjon Zuxurov23.02.19832008. “Bunyodkor” – “Sepahon” (Eron) 2:0
25Shavkat Salomov13.11.19852008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
26Sergey Lushan14.06.19732008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
27Azizbek Haydarov08.07.19852008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
28Viktor Karpenko07.09.19772008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
29Aleksandr Xvostunov09.01.19742008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
30Ulug'bek Baqoev28.11.19782008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
31Pavel Bugalo21.08.19742008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0

Bahodir Mirzaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com